Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Samarqandda tarixiy voqea

Samarqandda tarixiy voqea

Foto: "President.uz"

Dunyo aholisini deyarli yarmiga ega davlatlar rahbarlarining Samarqanddagi uchrashuvi juda katta tarixiy voqea bo‘lishi aniq.

Ayniqsa, uch yillik pandemiya va hozirgi dunyodagi qarama-qarshiliklarga qaramay, shuncha davlatlar rahbarlari shaxsan kelib bu tadbirda qatnashishlarining o‘zini Davlatimiz Rahbari tomonidan bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning yaqqol natijasi deb bemalol faxrlanib aytishimiz mumkin.

Prezidentimizning ushbu tadbirga bag‘ishlangan bugungi maqolalarini o‘qib chiqishni tavsiya etaman. Maqolani o‘qigach, tadbirning mohiyati haqida to‘liq tassavvur paydo bo‘ladi.

Albatta, minglab mehmonlarni kutib olish o‘ziga xos qiyinchiliklarsiz bo‘lmaydi. Oddiy o‘zimizning uyimizga mehmon keladi deyilsa, oilamiz bilan qancha harakatga tushamiz.

Shu sababli, bu hafta barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, qayerda, qanday sohada faoliyat yuritsak ham mehmonlarni O‘zbekiston haqida ijobiy taassurotlari bilan kuzatishga harakat qilishimiz zarur.

Bu o‘z navbatida, yurtimizning turistik potensiali va aholi daromadlari o‘sishiga ham juda katta yordam bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring