AKT vaziri: Masofadan Seuldan ishlaydimi yoki Toshkentdanmi deyarli farqi yo‘q

Koreya va O‘zbekiston xalqi orasida ko‘p o‘xshashliklar bo‘lsa-da, ushbu grafiklarda (https://telegra.ph/AKT-eksporti-uchun-imkoniyatlar-02-15) aynan aholi tarkibidagi juda katta farqni ko‘rsa bo‘ladi. Ya’ni bizda aholi orasida yoshlar ko‘p. Koreyada esa yoshlar ulushi kamayib, 65 yoshdan oshganlar ulushi ortib bormoqda.
Pandemiya tufayli esa ko‘pchilik ishga bormasdan masofadan ishlashga o‘tmoqda. Masofadan ishlaganda xodim Seuldan ishlaydimi yoki Toshkentdanmi deyarli farqi yo‘q.
Shu sababli AKTdan foydalanib, Koreya IT kompaniyalari hamkorligida, IT, BPO va KPO xizmatlari eksportini ko‘paytirish imkoniyatlaridan foydalanishimiz kerak.
Davlatimiz Rahbarining o‘tgan yili dekabr oyidagi Koreyaga tashriflari chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri AKT sohasi belgilab berilgan edi.
Shuning uchun Koreyadagi hamkor vazirligimiz rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya bilan Elektron Hukumat dorasidagi hamkorlik bilan chegaralanmasdan, aynan yuqoridagi tendensiyalardan to‘g‘ri foydalanilsa, bu Koreyaning IT kompaniyalarini O‘zbekistonga kelib qo‘shimcha daromadiga imkoniyat bo‘lishi bilan birga, bizning yoshlarimizga o‘z oilasi bilan o‘z yurtida yashab, eksportga xizmat ko‘rsatish orqali yuqori maoshli ishlarni yo‘lga qo‘yishiga imkoniyat yaratiladi.
Bugungi uchrashuvlarda shu soha bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi. Bu yo‘nalishda karera qilmoqchi bo‘lgan yoshlarimizga asosiy tavsiya imkoni boricha chet tillarini, jumladan, koreys tilini o‘rganish va biron-bir sohada mutaxassis bo‘lish. Shunda bemalol internet orqali IT, BPO va KPO xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter