Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

ShHT sammiti a’zolari kibersport arenasida uchrashishdi (VIDEO)

ShHT sammiti a’zolari kibersport arenasida uchrashishdi (VIDEO)

30 may – 2 iyun kunlari Toshkent shahri INHA universitetida ShHT sammitiga a’zo davlatlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha  SCO STUDENTS CUP chempionatining play off bosqichi va finali bo‘lib o‘tadi.

Tadbir IT PARK tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi ko‘magida, FRAG.GG kibersport portali, HyperX kompaniyasi va INHA universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirni ochib berish uchun AKT vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi va turnir ishtirokchilariga omad tilab, aynan kibersportni O‘zbekistonda ommalashtirish masalalariga e’tibor qaratdi.

«Kibersportning ommalashishi talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va do‘stona muhitni shakllantirishga yordam beradi deb hisoblaymiz. ShHT doirasida mamlakatlarimiz juda ko‘plab sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgan. Bu kabi turnirlar orqali talabalar o‘zaro munosabatlarning samimiy elchilariga aylanishiga umid qilaman», – dedi vazir.

Turnirda CS: GO va DOTA 2 o‘yin turlari bo‘yicha 50 ta jamoa ishtirok etib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya kabi mamlakatlardan 1 000 dan ortiq kibersportchilarni qamrab oldi.

Sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil qiladi. G‘oliblarga 50 million so‘mdan pul mukofoti belgilangan. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar 30 million, yakuniy jadvalning 3 va 4- qatorida joylashgan jamoalar 10 million so‘mni qo‘lga kiritishadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring