Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Borliqni smartfon orqali anglash – Ko‘zi ojizlar uchun eng foydali dasturlar

Borliqni smartfon orqali anglash – Ko‘zi ojizlar uchun eng foydali dasturlar

Foto: "dislife.com"

Ba’zi dasturlar borki, nafaqat qulay xizmat, balki nogironlar uchun reabilitatsiya vositasi sifatida xizmat qiladi.

Barcha zamonaviy smartfonlar ovozli boshqarish tizimi bilan jihozlangan va ko‘rish qobiliyatidan foydalanmasdan uni boshqarish mumkin.  

E’tiboringizga ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarga yordam beradigan eng ommabop ilovalar haqida umumiy ma’lumotni taqdim etamiz.

Ovozli ekranga kirish

Smartfonni boshqarish va istalgan dasturni o‘rnatish uchun ko‘zi ojiz inson ovozli ekranni faollashtirishi kerak bo‘ladi. U barcha zamonaviy gadjetlarda mavjud. iOS uchun Voice over dasturi, Android uchun Talk back dasturidan foydalaniladi.

Faollashtirilganda, smartfonga o‘rnatilgan nutq sintezatori yordamida foydalanuvchining barcha harakatlarini ovozlashtiriladi va sensorli ekran maxsus rejimga o‘tadi, unda har bir harakat ikkinchi (birinchi tegishdan keyin yemas) keyin amalga oshiriladi.

TapTapSee ilovasi

TapTapSee kundalik hayotda duch keladigan narsalarni aniqlashga yordam beradi. Ob’yektni suratga olish va audio tavsifni eshitish uchun ikki marta bosish kifoya. Foydalanuvchilar ilova qulay ekanligini ta’kidlashadi, ammo ba’zida fotosurat yomon yorug‘likda olingan bo‘lsa, u ishlamay qoladi. Ko‘p yillik mobil ilovalardan biri TapTapSee 2013 yilda Qirollik Milliy ko‘zi ojizlar instituti tomonidan eng yaxshi ilova deb topildi va 2014 yilda Amerika Ko‘zi ojizlar jamg‘armasi mukofotiga sazovor bo‘ldi.

TapTapSee ilovasini yuklash:

Android - https://play.google.com/store/apps/details?id=com.msearcher.taptapsee.android&hl=ru;

iOS - https://apps.apple.com/ru/app/taptapsee/id567635020.

Be my eyes ilovasi

Ushbu dastur tufayli ko‘zi ojiz insonlar kiyim rangini o‘rganishlari, dori-darmonlar nomini «o‘qishlari» va boshqa uy-ro‘zg‘or yumushlarini uddalashlari mumkin. Bunda ularga ko‘ngillilar yordam beradi! Ilova ko‘ngillilarni butun dunyo bo‘ylab yordamga muhtoj bo‘lgan ko‘zi ojiz insonlar bilan bog‘laydi.

Be my eyes ilovasini yuklab olish:

Android - https://play.google.com/store/apps/details?id=com.bemyeyes.bemyeyes&hl=ru;

iOS - https://apps.apple.com/ru/app/be-my-eyes-helping-blind-see/id905177575.

The Voice ovozli ko‘rish

1990 yillarda golland muhandisi Piter Meyer sezgilarni almashtirish uchun eshitishdan foydalanishni taklif qildi. U Sound Vision algoritmini ishlab chiqdi, bu esa tasvirni tovushlarga aylantirish modelini yaratilishiga olib keldi. Video tasvir soniyada bir marta kadrlarga bo‘linadi, ramka monoxromga aylantiriladi, so‘ngra tasvirning har bir pikseli ma’lum bir ohang va hajmda soniyada bir marta eshitiladi.

Piter Meyerning algoritmini o‘rgangan insonlar uchun Sound Vision odatiy ko‘rish o‘rnini bosishi mumkin. Bu tom ma’noda «quloqlar bilan ko‘rish» imkonini beradi.

The Voice ilovasini yuklab olish: https://play.google.com/store/apps/details?id=vOICe.vOICe.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring