Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Frontend dasturchisi uchun qisqa qo‘llanma

Frontend dasturchisi uchun qisqa qo‘llanma

quora.com

Agar siz dasturlash sohasiga endigina kirib kelib, dasuturchilar tilida «Junior» hisoblansangiz, ushbu sahifa aynan siz uchun mo‘ljallangan. ICT Xabarning ushbu loyihasi orqali siz har kuni IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalaringizni mustahkamlashingiz va dasturlash sohasiga biz bilan birgalikda qadam tashlashingiz mumkin.

«IT savodxon» ruknida frontend dasturchilari uchun eng qo‘l keladigan ilovalar xususida gaplashmiz. Unda boshladik...

Freymorklar

Bu yil ham ReactJS va VueJS o‘rtasidagi kurashlarni kuzatishda davom etamiz. React hozir GitHubda 168 ming yulduzga ega, Vueda esa – 183 ming. Taqqoslash uchun, eng yaqin ta’qibchi sifatida Angular dasturida yulduzlar soni atigi 72 mingni tashkil etadi.

Shunday qilib, frontend-dasturchilari qaysi freymorkni o‘rganish haqida o‘ylayotgan bo‘lsalar React yoki Vue ga e’tibor qaratishlari kerak. Angular haqida ham esdan chiqarmaslik zarur. Ayniqsa yirik korxona loyihasi ustida ishlanayotgan bo‘lsa.

Saytning statik generatorlari

Statik generatorlar server-saytni renderlash (SEO uchun juda muhim) va single-page ilovalaridan eng yaxshilarini to‘playdi.

Bugungi kunda ko‘pgina loyihalarda, garchi server-side renderingga ehtiyoj bo‘lmasa ham, statik generatorlardan foydalaniladi, chunki Next yoki Nuxt kabi yechimlar juda ko‘plab ajoyib xususiyatlarni taqdim etadi (masalan, o‘rnatilgan test-runner, bandling qo‘llab-quvvatlash va boshqalar).

Eng keng tarqalgan SSGlar: Next (React-based), Nuxt (Vue-based), Gatsby (React-based), Grisdome (Vue-based)

JAM Stack

JAM Stack atamasi nisbatan yaqinda paydo bo‘ldi va JavaScript (mijozda qo‘llaniladi), API (so‘rovlar serverga JS yordamida amalga oshiriladi) va markup (deployment vaqtida yig‘ilganlarni belgilash) degan ma’noni anglatadi. JAMstack ning asosiy nuqtalari:

  • CDN ishlatiladi
  • Barcha ma’lumot GITda saqlanadi
  • Barchasi avtomatik tarzda yig‘iladi
  • Hammasi avtomatik tarzda joylashtiriladi

JAMstack haqida to‘liq ma’lumotni havola orqali bilib olishingiz mumkin.

PWA

Progressiv veb-ilovalar (PWA) 2021 yilda juda mashhurlikka erishdi. Ko‘plab kompaniyalar PWA ni mahalliy mobil ilovalar uchun tanlamoqda.

PWA ishonchli va tezdir (tezkor yuklab olish, oflayn rejimda ishlash,imkoniyati, rang-barang animatsiyalar).

PWA ning yana bir qancha afzalliklari:

  • Brauzerdan smartfon ish stoliga yorliq qo‘shishingiz mumkin
  • Oflayn rejimda ishlay olasiz
  • web push elatmasiga ega

IDE/kod tahriri

O‘tgan yilgidek, VSCode 2022 yilda ko‘pchilik dasturchilar uchun eng yaxshi tanlovdir. VSCode ilovasi IDE funksiyasini taklif etadi va marketplase bilan kengaytirilishi mumkin.

Frontend dasturchisi uchun asosiy VSCode kengaytmalari to‘plami:

  • JavaScript (ES6) code snippets
  • Prettier
  • CSS Peek
  • Vetur
  • ESLint
  • Live Sass Compiler
  • Debugger for Chrome

VSCode ni rasmiy veb-saytda yuklab olishingiz mumkin

GraphQL

Eng ko‘p muhokama qilinadigan texnologiyalardan biri.

Uzoq vaqt davomida REST veb APIs uchun de-fakto dizayn standarti bo‘lib kelgan. Ammo loyihalarning murakkabligi oshgani sayin, REST ning moslashuvchanligi yetishmadi.

GraphQL Facebook tomonidan Restful APIslarda ishlaydigan dasturchilarning asosiy muammolarini hal qilish uchun yaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring