Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxfuza Ro‘yiddinova

«Kema uchun eng xavfsiz hudud – qirg‘oq. Ammo u buning uchun yaratilmagan».

Yevropa kimlar bilan raqamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan?

Yevropa kimlar bilan raqamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan?

Foto: "shutterstock"

Yaponiya va Yevropa ittifoqi o‘rtasida raqamli hamkorlik

2022 yil may oyining boshida Yevropa Ittifoqi va Yaponiya o‘rtasida raqamli hamkorlik e’lon qilingan edi. Yevropa Kengashi va Yaponiya yetakchilari «yaqin va keng qamrovli» hamkorlikni yana bir bor tasdiqladilar va YeS-Yaponiya 2022 sammiti oldidan qo‘shma bayonot e’lon qilishdi. Hamkorlik iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va umumiy qadriyatlarga asoslangan inklyuziv, barqaror, insonlarga yo‘naltirilgan raqamli transformatsiya orqali barqaror jamiyatni qurish uchun bir qator masalalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Bayonotga ko‘ra, mavjud muloqot xavfsiz 5G, «Beyond 5G» / 6G texnologiyalari, sun’iy intellektning xavfsiz va axloqiy qo‘llanilishi va yarimo‘tkazgich sanoatida global ta’minot zanjirlarining barqarorligi, ochiq va innovatsion muhitni rag‘batlantiradi.

Raqamli hamkorlik hukumatlarga xavfsiz xalqaro aloqa va yashil ma’lumotlar infratuzilmasi, maxfiylik, ma’lumotlar innovatsiyasi, raqamli tartibga solish, ishchilar uchun raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, biznes, jumladan, kichik va o‘rta biznesni raqamli o‘zgartirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar global o‘zaro hamkorlik standartlarini ishlab chiqish va o‘z korxonalari va xodimlari manfaati uchun raqamli savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish majburiyatini olgani ma’lum qilingan.

Yevropa Ittifoqi va Hindiston IT-ittifoqchiga aylandi

2022 yil 26 aprelda Bosh vazir Narendra Modi va Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen savdo-iqtisodiy va texnologik vazifalarni hal qilish uchun yuqori darajadagi strategik shartnoma hisoblangan Hindiston-Yevropa Ittifoqi Savdo va Texnologiya Kengashi tashkil etilishini e’lon qildi. Ilgari bu tuzilma Yevropa Ittifoqi tomonidan faqat AQSh bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun yaratilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring