Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Ayollar va yoshlar uchun raqamli ko‘nikmalar markazi ochildi (Video)

Ayollar va yoshlar uchun raqamli ko‘nikmalar markazi ochildi (Video)

Barchamizga ma’lumki, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi ixtirochilar, dasturchilar va tadqiqotchilarning aksariyati erkak kishilardan iborat. Ammo tarixga nazar tashlasak, IT sohasining rivojlanishida ayollarning o‘rni beqiyos. Shu bois ham AKT sohasida ayollarning rolini oshirish hamda xotin-qizlarni axborot texnologiyalar sohasida ishlashga jalb etish maqsadida har yili aprel oyining to‘rtinchi payshanbasida Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni nishonlanadi. Aynan shu sana munosabati bilan 28-aprel kuni Ayollar va yoshlar uchun raqamli ko‘nikmalar markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos tantanali ravishda ochib berdi. Shuningdek, marosimda tegishli tashkilotlar mutasaddilari: Farhod Ibragimov, Umida Musayeva, Natalya Mochu, Ildar Yusupov, Van Guandun va Lyu Szyainlar ham ishtirok etishdi.

Mehmonlarga AKT sohasida tahsil olayotgan talaba qizlar tomonidan yaratilgan startap loyihalar taqdim etildi. Aksariyat qizlarning loyihasi o‘zbek tilinining imloviy lug‘atini boyitishga qaratilgan bo‘lib, mehmonlar tomonidan yaxshi qarshi olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring