Astrum IT akademiyasida tajribali frilanserlar bilan uchrashuv – reportaj (VIDEO)
Bugun Astrum IT akademiyasida "Frilanserlik – bu kelajak kasbi" mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarini Astrum IT akademiyasining asoschisi Botir Arifjanov ochib berdi.
“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularga qo‘shimcha daromad manbalarini topishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan "Frilanserlik – bu kelajak kasbi" mavzusidagi ushbu forumda "EPAM Systems" kompaniyasining mahsulotlar bo‘yicha menejeri Nuriddin Iminoxunov, Android dasturlashda 7 yillik tajribaga ega Toshkentdagi GDG tashkilotchilaridan biri Yusufjon Abdullayev va Xalqaro Vestminster universiteti talabasi, frontend dasturchi va frilanser Sabohat Qalandarovalar frilanserlik yo‘nalishidagi o‘z tajribalarini talaba yoshlar bilan o‘rtoqlashdilar.
Forum yakunida mamlakatimizning yetakchi frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro‘yxatdan o‘tish va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter