Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xakerlar qanday qilib bank kartalaridan pul yechishlarining siri oshkor qilindi

Xakerlar qanday qilib bank kartalaridan pul yechishlarining siri oshkor qilindi

Foto: ruadvocate.ru

Buyuk Britaniyaning Glazgo universiteti qoshidagi Informatika maktabi mutaxassislari neyron tarmoq va teplovizorlar yordamida ijtimoiy tarmoqlar va bank kartalaridagi parollarni buzish imkonini beruvchi ThermoSecure tizimini ishlab chiqdi.

Qayd etilishicha, neyron tarmoq teplovizorlar yordamida foydalanuvchining yaqinda barmoqlari tegib turgan sensorli ekranlarning tugmachalari va joylarini aniqlaydi. Shunday qilib, tadqiqotchilarning fikricha, xakerlar boshqa odamlarning parollarini o‘g‘irlashlari mumkin.

ThermoSecure sinovlari shuni ko‘rsatdiki, tizim termal imzolar yordamida 20 soniya ichida kiritilgan parollarning 86 foizini, 30 soniya ichida 76 foizini va 60 soniya ichida kiritilgan parollarning esa 62 foizini to‘g‘ri taxmin qila oladi va xakerlik xujumlarini amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring