Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tab tugmasidagi ikkita o‘q nimani anglatadi?

Tab tugmasidagi ikkita o‘q nimani anglatadi?

Foto: "shutterstock"

Tab tugmasi bir sababga ko‘ra shunday nomlangan. Bu so‘zma-so‘z «tabulation»  – matnni tekislash degan ma’noni anglatadi. Bu xususiyat kompyuter klaviaturalaridan ancha oldin paydo bo‘lgan, ya’ni bosma mashinkalarda.

Yozuv mashinasining ortida maxsus qurilma – tabulatorlar mavjud. Unga qizil chiziq va chekinishni hosil qiluvchi tiqinlar terilgan bo‘ladi. Tabulatorni bosganda karetka birinchi tirgakka tiraladi, harf teruvchi esa ana shu chekinish bilan chop etishni davom ettiradi.

Klavishadagi o‘qlar faqat tushunish uchun chizilgan. Ular klavish yaratgan chegaralarni bildiradi xolos.

Tab tugmasi hozir qaysi funksiyani bajaradi?

Matn muharrirlarida

Matn muharrirlarida ushbu tugma dastur sozlamalarida o‘rnatilgan bir xil chekinishni amalga oshiradi. Aslida, bu yozuv mashinkalaridagi eski funksiyalarning nusxasi.

Brauzerlarda

Brauzerlarda bu klavishdan so‘rovnoma shakllarini to‘ldirishda «sakrash» sifatida foydalanish mumkin. Quyidagi misolga qarang.

Ismingizni kiritganingizdan so‘ng Tab tugmasini bosganingizda, «Sharifingizni kiriting» qatoriga o‘tasiz va hokazo.

Windows’da

Tizim ushbu tugmanini boshqa kalitlar bilan ishlatadi. Masalan, Alt+Tab oynalar o‘rtasida almashinuv imkonini beradi.

Umid qilamanki, maqola yoqdi va o‘zingiz uchun yangi narsalarni o‘rgandingiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring