Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

❗️FVV OGOHLANTIRADI

❗️FVV OGOHLANTIRADI

Foto: Yandeks

So‘ngi vaqtlarda xonadonlardan chiqayotgan yong‘inlarga smartfon sabab bo‘layotganini bilarmidingiz?

Sevimli telefoningizdan ayrilib qolmaslik va yaqinlaringiz hayotini xavfga qo‘ymaslik uchun ushbu tavsiyalarga quloq tuting:

  • Smartfoningizni tunda elektr tarmog‘iga ulangan holatda qoldirmang;
  • Uni faqat kunduzgi, o‘z nazoratingiz ostida quvvatlantiring;
  • 100 foizgacha quvvatlangandan so‘ng tarmoqdan uzishni unutmang;
  • Asosiysi, telefoningizni aslo yostiq ostiga qo‘ymang;
  • Agar quvvatlanayotgan qurilmangiz alangalagudek bo‘lsa, birinchi navbatda elektr tarmog‘idan uzing va ustiga qalin mato yopib qo‘ying;
  • Yong‘inni faqat o‘t o‘chirgich bilan o‘chiring.

Unutmang, bunday holat har birimizning hayotimizda ro‘y berishi mumkin, shu bois barchani ogohlantiring!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring