Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegram siz uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi!

Telegram siz uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi!

Foto: Yandex.com

Telegram nafaqat Premium foydalanuvchilari uchun, balki siz uchun ham katta yangilanishlarni taqdim etdi.

Endi siz Telegramda o‘zingizning animatsiyali emojilaringizni yaratishingiz va interaktiv emojilaringizni suhbatdoshingiz bilan ham bo‘lishishingiz mumkin. Bundan tashqari, shaxsiy yozishmalarda va guruhlarda nafaqat matnli xabarlarga, balki foto va videolarning sarlavhalariga ham emojilar orqali fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Premium foydalanuvchilari esa endilikda nafaqat suhbatdoshlari tomonidan yuboriladigan ovozli xabarlarni, balki videoxabarlarni ham taqiqlab qo‘yishlari mumkin. 

Agar siz Premium foydalanuvchisi bo‘lmasangiz, sira xafa bo‘lmang, chunki endi Telegramda Premiumga obunani sovg‘a qilish imkoniyati ham mavjud. Balki tug‘ilgan kuningizda yaqinlaringiz sizga bunday imkoniyatni tuhfa etishar...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring