Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

PlayStation 5 qancha sotildi?

PlayStation 5 qancha sotildi?

Foto: Gazeta.ru

O‘tgan yilning 31 dekabrida tugagan uchinchi moliyaviy chorakda Sony 7 million dona PlayStation 5 o‘yin qurilmasini sotdi. Bu 2021 yilning ushbu muddatiga qaraganda ikki barobar ko‘pdir. Gadjetning umumiy xarid miqdori 32 milliontani tashkil qiladi.

PlayStation 4 va PlayStation 5 qurilmalarini qo‘shib hisoblaganda ular 20,8 million dona sotilganini ko‘rish mumkin. Bu o‘tgan yilgidan 6,2 milliontaga kamayganiga qaramay kompaniya mazkur biznes ortidan mo‘may daromad orttirgani rost.

Chorak so‘ngida PlayStation Plus xizmati 46,4 million obunachiga ega bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring