Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Geympad orqali boshqariladigan elektromobil

Geympad orqali boshqariladigan elektromobil

Foto: Habr.com

Sony kompaniyasi CES ko‘rgazmasida Honda korporatsiyasi bilan hamkorlikda yaratilayotgan AFEELA nomli elektromobilni taqdim etdi. U PlayStation 5 ga tegishli DualSense kontrolleri yordamida boshqarildi.

AFEELA o‘rnatilgan avtopilotga ega bo‘lib, uni 45 ta sensor, kamera va lidar qo‘llab-quvvatlaydi. Elektrokarning old panelida katta displey mavjud bo‘lib, salonda, jumladan, orqa o‘rindiqlar oldida ham qo‘shimcha ekranlar joylashgan.

Konsept dastlab 400 kVt (536 ot kuchi), 0 dan 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada va 240 km/soat tezlikka erishadigan ikki dvigatelli to‘liq g‘ildirakli uzatmaga ega bo‘lishi kutilgan edi.

Sony avtomobilning dasturiy ta’minot bilan belgilanishi uni raqamli o‘yin maydonchasiga aylantirishini va’da qilmoqda. AFEELA uchun buyurtmalarni qabul qilish 2025 yilda boshlanadi va ularni ishlab chiqarish 2026 yilda boshlanishi kerak. Sony kompaniyasi sedan va krossover ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring