Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega kechadan buyon hamma Google xizmatlaridan norozi bo‘lmoqda?

Nega kechadan buyon hamma Google xizmatlaridan norozi bo‘lmoqda?

Foto: amazonaws

Kuni kecha, 9-avgust kuni Google xizmatlarining katta qismi ishdan chiqdi. Downdetector veb-sayti ish jarayonida uzilishlarga duch kelgan foydalanuvchilarning bir necha o‘n minglab shikoyatlarini qayd etdi.

Foydalanuvchilarning aksariyati Google qidiruv tizimidan va Google xaritalardan foydalana olmayotganliklaridan shikoyat qilishgan.

Bu kabi muammolarning ko‘p qismi AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiyada qayd etilgan.

Ammo Downdetector veb-saytida foydalanuvchilar shikoyatlari asosida mavjud muammolar yuzasidan maqola yozilayotgan vaqtda Google xizmatlaridagi uzilishlar to‘liq bartaraf etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring