Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Instagramning Reels tizimi tufayli TikTokga ish qolmadi

Instagramning Reels tizimi tufayli TikTokga ish qolmadi

Foto: Images.app

Instagram IGTV loyihasidan butunlay voz kechdi. Uning o‘rnini esa «tiktoksifat» Reels tizimi egalladi va tarmoqdagi videolarga endi u javob beradi.

Dastavval bir nechta blogerlardagina ishlayotgan Reels endilikda hammaning profilida ko‘rinib, ishlay boshladi.

Endi siz istagan kadrlaringizni ilovaning o‘zida tasvirga olib, montaj qilishingiz mumkin.

Trendlarga video olish uchun esa TikTokga kirishingiz ham shart emas.

Endilikda Instagram yanada ko‘proq vaqtingizni oladi. Chunki uning algoritmi qiziqishlaringizdan kelib chiqib, siz uchun foydali bo‘lgan videolarni ketma-ket namoyish etaveradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring