Gucci va McDonald’s virtual olamga kirib kelmoqda(VIDEO)
Gucci uchinchi avlodga yo‘naltirilgan Gucci Vault loyihasini kengaytirish maqsadida raqamli ko‘chmas mulk platformasi bo‘lgan The Sandbox metaverse’dan joy sotib oldi.
Virtual olamda Gucci nimalar qilishi hozircha noma’lum, lekin u yerda foydalanuvchilar zamonaviy raqamli moda buyumlarini sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
McDonald’s ham metaolamga kirib kelmoqda
Taniqli fast food brendi 4-fevral kuni AQSh patent va savdo belgilari idorasiga 10 ta tovar belgisi arizasini topshirganligi haqida advokat Josh Gerben o‘z Twitter sahifasida xabar bergan.
"Siz metaolamda yuribsiz va qorningiz ochib qoldi. Buning uchun metaolamdan chiqishingiz shart bo‘lmaydi. Shunchaki u yerdagi McDonald’s virtual restoraniga borasiz va taom uchun buyurtma berasiz. U birozdan so‘ng uyingizga olib kelib beriladi" — deydi Josh.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter