Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mingga yaqin EPAM xodimi O‘zbekistonni tanladi

Mingga yaqin EPAM xodimi O‘zbekistonni tanladi

Foto: "MarTechSerias.com"

Belarusliklar tomonidan asos solingan EPAM Systems IT–kompaniyasi ming nafarga yaqin xodimlarini Rossiya va Belarusdan O‘zbekistonga ko‘chirdi, bu haqda Forbes nashri xabar berdi. Kompaniyaning 2019 yildan boshlab Toshkentda ofisi mavjud, shu bilan birga IT-park rezidenti hisoblanadi. Avvalroq EPAM Systems Ukrainadagi «maxsus operatsiya» tufayli Rossiyani tark etishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

«O‘zbekiston uchun ochilgan chatimizda 600ga yaqin odam bor, demak, mingga yaqin xodim ko‘chib kelganini aytish mumkin», – deydi kompaniya xodimlaridan biri.

EPAM vakili Sofiya Odinsova esa kompaniya xodimlarining O‘zbekistonga ko‘chirilgani haqida izoh bermagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning O‘zbekistondagi filiali 2019 yilda ochilgan, 2021 yil o‘rtalariga kelib unda 150 ga yaqin mutaxassis ishlagan.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistondan tashqari, ishlab chiquvchi o‘z xodimlariga yana 10 ga yaqin davlatga ko‘chirishni taklif qilmoqda. EPAM xodimlarinining relokatsiyasidagi mashhur yo‘nalishlar orasida Gruziya va Armaniston ham bor.

EPAM Rossiyani tark etish bilan bog‘liq qarorini aprel oyining boshida e’lon qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, EPAM Systems 1993 yilda AQShda belaruslik tadbirkorlar Arkadiy Dobkin va Leonid Lozner tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya shtab-kvartirasi Qo‘shma Shtatlarda joylashgan bo‘lib, shuningdek 40 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring