Blogerlar diqqatiga: Mualliflik huquqi haqida nimalarni bilasiz? (VIDEO)
Bugungi kunda Internetdan ko‘chirilgan asar, jumladan, rasm, qiziqarli maqola, qo‘shiq, musiqa, kino yoki boshqa materiallarni ularning manbasiga havola ko‘rsatmasdan foydalanish oddiy holga aylanib qolmoqda.
Internet foydalanuvchilarining hammasi ham bu asarlarning muallifi mavjudligi, ulardan ruxsat olish lozimligini bilavermaydi. Axborotning Internetdan joy olganligi undan xohlagancha foydalanish mumkin degani emas.
Ba’zan mashhur blogerlar yoki taniqli san’atkorlarning instagram sahifasi hakerlar xujumiga uchragani qulog‘imizga chalinadi. Akkauntni qaytarib olish esa ancha qimmatga tushadi. Xo‘sh, buning oldini olish uchun qanday xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak?
Bu haqda batafsil oliy ma’lumotli huquqshunos va instabloger Dilrabo Egamova fikrlariga quloq tutamiz.
Umid qilamizki, ushbu ko‘rsatuv nafaqat blogerlar, balki bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining shaxsiy sahifasiga ega bo‘lgan barcha yurtdoshlarimiz uchun manfaatli bo‘ldi. Bu borada fikrlaringizni kutib qolamiz. Videoni do‘stlaringiz bilan ham ulashing. Zero, har bir fuqaro o‘z huquqlarini yaxshi bilishi kerak!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter