Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022 yilda kompyuter va smartfonlar uchun eng mashhur brauzerlar nomi e’lon qilindi

2022 yilda kompyuter va smartfonlar uchun eng mashhur brauzerlar nomi e’lon qilindi

configpc.com

StatCounter tahliliy kompaniyasi turli platformalar uchun brauzerdan foydalanish statistikasini yangiladi. Kompyuter bozorida eng katta kurash boshlandi - tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Microsoft ning veb-syorfing ilovalari mashhurlik reytingida Apple ni chetlab o‘tish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Desktop segmentining yetakchisi, avvalgidek, Google Chrome. 2022 yilning fevraliga kelib, uning mashhurligi biroz pasaydi, ammo 64,92% bilan o‘z ta’sirini yo‘qotmagan. Ikkinchi o‘rinda Apple Safari (9,75%),  uchinchi o‘rinda 9,56 foiz bilan Microsoft Edge. Top 5 talikni Mozilla Firefox va Opera – mos ravishda 9,41% va 2,41% ko‘rsatkichlari bilan yopmoqda.

Mobil segmentida ham Google brauzeri yetakchilik qilmoqda (62,36%). Safari ning ushbu versiyasi desktop versiyasiga qaraganda ancha yaxshi bo‘lib, smartfon va planshetlar uchun brauzer bozorining to‘rtdan birini (25,67%) tashkil etdi. Uchinchi o‘rin Samsung Internet ga tegishli bo‘lib, u 4,98% foydalanuvchilar uchun asosiy deb hisoblanmoqda. Boshqa barcha ilovalarning ulushi sezilarli darajada past.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring