Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahongir Rahmonov

O‘rgan, ulash va ruhlantir!

Dasturchilar uchun eng kerakli xususiyat nima?

Dasturchilar uchun eng kerakli xususiyat nima?

Dasturchilik katta diqqat (deep focus) talab qiladigan ishlardan. Ora-sorada telefoningizga qarash yoki ijtimoiy tarmoqlarga kirish dasturchi sifatida qanchalik yaxshi ish qilishingizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yomon tasir qiladi.

Ko‘pchilik ozgina ishlaydi-da telefonini tekshiradi. Bu vaqt yig‘ilib yig‘ilib kuniga 2-3 soatga aylanib ketadi.

Tanish holatmi?

Men o‘zim ham shunday qilaman ba’zida.

Natijada, o‘rtacha kunlik ish vaqti 8 soat bo‘lsa, samarali o‘tgan vaqt 1-2 soatga tushib qoladi. Bu muammo kundan kunga yomonlashib boradi. Chunki ijtimoiy tarmoqlar ataylab sizning e’tiboringizni egallash maqsadida dizayni yaratiladi.

Ana endi tassavvur qiling. Atrofingizdagi hamma kuniga faqatgina 1-2 soat yaxshi ishlay olsa va siz bu muammoni hal qilib 4-5 soat diqqat bilan ishlay olsangiz, bir yil ichida bu vaqt qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘ladi.

Xullas meni tushindingiz. Qisqa qilib aytsa hammada hozir focus muammosi. Siz buni hal qilsangiz, tez orada hammadan ajralib turadigan mutaxassis sifatida o‘zingizni ko‘rsata olasiz.

Qanday qilib bu muammoni yechish mumkin?

Agar o‘qimagan bo‘lsangiz, “Cal Newporting Deep Work” degan kitobini o‘qib chiqing. Fikrlashingiz ancha o‘zgarib qoladi.

Keyin Pomodoro degan usuldan foydalanib ko‘ring. Boshlanishida 20-25 daqiqadan boshlang. Bu vaqt davomida faqat bitta narsaga e’tiboringizni qarating.

Borgan sari bu vaqtni oshirishga harakat qiling. 30 daqiqa, 35 daqiqa, 45 daqiqa va hokazo. Bu vaqtni 2 soatgacha olib chiqing.

Bu oson bo‘lmaydi, lekin natijasi arziydigan bo‘ladi.

Jahongir Rahmonov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring