Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

E’zoza Turg‘unova

“Agar inson nimanidir chin dildan orzu qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi!”

Har kuni yo‘l xarajatlari va tushlikka pul sarflayverishdan charchadingizmi? (video)

Har kuni ertalab 9:00 dan kechki 18:00 ga qadar ofisda o‘tirib, boz ustiga yo‘l xarajatlari-yu tushlikka pul sarflayverishdan charchadingizmi?

U holda, sizga frilanserlik bilan shug‘ullanishni tavsiya qilamiz! Bu yo‘nalish haqida batafsil ma’lumot olish uchun esa ushbu lavhani diqqat bilan tomosha qiling. Chunki bugun Toshkent xalqaro ta’lim universitetida “Frilanserlik — kelajak kasbi” mavzusida bepul seminar bo‘lib o‘tdi!

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish hamda ularga qo‘shimcha daromad manbalarini topishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan ushbu forumda mamlakatimizning yetakchi frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro‘yxatdan o‘tish va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, forumga dunyo miqyosidagi Upwork, TopTal kabi frilans platformalarida Top rated reytingiga ega bo‘lgan dasturchilar jalb qilinib, ishtirokchilarga ushbu saytlarda va boshqa ko‘plab xorijiy platformalarda ishlab daromad topish bo‘yicha keng qamrovli mahorat darslari tashkillashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring