Dunyoni o‘zgartirgan dasturchi ayollar

Biz mashina yoki insonlar qanday qilib birinchi dasturchilar bo‘lganligini va bugungi kunda biz yashayotgan dunyoni qay darajada o‘zgartirishga yordam berganlari haqida eshitamiz. Ammo, hech bo‘lmaganda, ayollar ko‘plab dasturlash tillariga hissa qo‘shganini va erkaklar hukmronlik qiladigan texnologiya sohasini o‘zgartirishga yordam berishini unutmasligimiz kerak. Ayollarning hissasi ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi yoki eshitilmaydi, shuning uchun bugun texnologiya sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan ayollar haqida gaplashamiz.
Ada Lavleys
Ada Loveleys 1815 yilda tug‘ilgan, ingliz matematigi va yozuvchisidir. Ada birinchi dasturchi sifatida e’tirof etilgan, chunki u ma’lum bir dvigatel tushunchasi hisob-kitoblari haqida eslatma yozgan. U texnologiya sohasidagi mashhur ayollardan biri va oktyabr oyining har ikkinchi seshanba kuni ayollarning STEM kareralaridagi yutuqlarini nishonlash uchun Ada Lavleys kuni sifatida tanlangan.
Greys Xopper
Greys Xopper 1906 yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan, 1943 yilda u xarbiy dengiz rezerviga qo‘shildi va 1966 yilda nafaqaga chiqdi. Xizmat vaqtida Greys Computer Corp kompyuter korporatsiyasiga qo‘shildi va u yerda dasturchi ko‘rsatmalarini kompyuter kodlariga tarjima qiladigan kompilyatorni ishlab chiqdi. 1957 yilda u ingliz tilida birinchi ma’lumotlarni qayta ishlash kompilyatorini ishlab chiqdi. Dengiz xarbiy rezervini tark etgandan so‘ng, 79 yoshida dengiz flotining kompyuter tillarini standartlashtirishga yordam berdi, 1986 yilda dengiz zobiti sifatida nafaqaga chiqdi. Keyinchalik 2016 yilda Barak Obama tomonidan Prezidentning Ozodlik medallari bilan taqdirlandi.
Enni Isli
Enni 1933 yilda tug‘ilgan. Ayeronavtika bo‘yicha Milliy maslahat qo‘mitasi (NASA)da faoliyat yuritgan. Enni ish foliyati davrida gibrid avtomabillarida ishlatiladigan akkumulyatorlarning yaratilishiga olib kelgan kodni ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan to‘rtta afro-amerikaliklardan biri edi. U texnologiya sohasidagi taniqli ayollardan biri sifatida tanilgan, u ayollarni STEM sohalarida o‘qish va ishlashga undaydi.
Hozirgi kunga kelib, IT sohasida ayolllar ulushi ham tobora ortib bormoqda, bu albatta quvonarli hol. O‘zbekistonda ham ushbu sohada muvaffaqiyatga erishayotgan ayol va qizlarni kuzata turib, IT da ayollar o‘z o‘rnini topa olishiga ishonch hosil qilamiz. Durdona Bahronovaning dasturchi sifatidagi faoliyati bunga yaqqol misol.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter