Talabalarning raketasi rekord balandlikka ko‘tarildi

Embri-Riddl aeronavtika universiteti talabalari o‘zlari ixtiro qilgan "Deneb" nomli raketani 14 548 metr balandlikkacha chiqarib, rekord qayd etdilar. Bundan oldingi rekordda "Everest" raketasi 6 706 metr balandlikka ko‘tarilgan edi.
"Deneb" 26.1 soniyali parvozda 1850 km/s tezlikka erishdi. Talabalar raketa ustida 3000 soat ishladilar va bu uchun kunlab cho‘lda tunashlariga to‘g‘ri keldi. Ammo, shunga yarasha, mashaqqatli mehnat mevasini berdi. Hozirda ularga SpaceX, Blue Origin, Firefly Aerospace kabi nomdor kompaniyalardan ish taklif qilinmoqda.
Talabalar ushbu loyihaga kirshish oldidan Raketa ishlanmalari laboratoriyasiga birlashishgan, Lockheed Martin i Firefly tashkilotidan grant olishgan. "Deneb" ular ixtiro qilgan ilk raketa emas. Avval ham "Altair" nomli raketa ishlab chiqishgan, lekin u o‘tgan yili parvoz payti portlab ketgan edi. Bundan saboq chiqargan jamoa yangi raketa yaratishda eski xatolarni takrorlamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter