Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suvni tozalash uchun xlor shartmi?

Suvni tozalash uchun xlor shartmi?

Foto: Sputnik.kg

Shved olimlari suvni tozalash uchun xlor zarurligini rad etishdi.

Ko‘pincha suv bir necha bosqichda tozalanadi. Har xil turdagi filtrlar va ultrabinafsha nurlar qo‘llaniladi, ammo oxirgi bosqich har doim xlor qo‘shilishi bilan tugaydi. O‘rganilayotgan Varberg shahri 2020 yilda ko‘llar va yer osti suvlaridan zararli mikroorganizmlarning kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi yangi filtrlarni o‘rnatgandan so‘ng suv ta’minotiga xlor qo‘shishni to‘xtatdi.

Jamoa olti oy davomida suv namunalarini yig‘ib, xlordan foydalanishni to‘xtatishdan oldin va keyin ularni tahlil qildi. Mutaxassislar xlorsiz toza ichimlik suvini olish mumkin, degan xulosaga kelishdi. Sinovlar odamlarda yuqori xavfni ko‘rsatmadi, ammo aniq natijalarga erishish uchun ko‘proq tadqiqotlar talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring