Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh panelingiz yorug‘likni yaxshi tortmayaptimi?

Quyosh panelingiz yorug‘likni yaxshi tortmayaptimi?

Foto: Yandeks

So‘nggi vaqtlarda quyosh panellaridan foydalanish ko‘p targ‘ib qilinayotgan bo‘lsada, aksariyat kishilar ularning samaradorligi kamligini aytishmoqda.

Aslida quyosh panellari bilan bog‘liq muammo shundaki, maksimal energiya ishlab chiqarishga erishish uchun ularni quyoshga ma’lum bir burchak ostida joylashtirish kerak.

Olimlarning fikricha, panellarning yangi shakli ularning samaradorligini 66 foizgacha oshiradi.

Bilamizki, quyosh panellari asosan tekis shaklga ega. Ammo ushbu dizayn faqat quyosh 15 dan 40 daraja burchak ostida porlagandagina samarali bo‘ladi.

Quyoshdan olinadigan yorug‘lik maydonini oshirish uchun esa tadqiqotchilar quyosh panellari yuzasini yanada yaxshiladilar.

Shundan so‘ng quyosh panellari yorug‘likni 33 foizdan 66 foizgacha samaraliroq singdira boshladi.

Tadqiqot mualliflarining aytishicha, yorug‘likni yaxshi singdirish xususiyatlari tufayli yangicha dizayndagi panellar biomeditsina, energiya tejovchi derazalar, issiqxonalar va yana ko‘plab jabhalarda keng qo‘llanilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring