Janubiy Koreya ilk bor o‘z raketasida sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqadi

Janubiy Koreyaning "Nuri" raketasi birinchi marta orbitaga tijorat sun’iy yo‘ldoshini olib chiqadigan missiyani amalga oshirish niyatida. Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, parvoz uchun 24 may sanasi belgilangan. Mabodo qiyinchilik yuzaga kelsa, 25 yoki 31 mayga qoldirilishi mumkin.
Sun’iy yo‘ldoshning vazifasi - radar tasviri texnologiyasini sinovdan o‘tkazish va Yerga yaqin orbitada kosmik nurlanishni kuzatish. "Nuri" raketasining birinchi va ikkinchi bosqichlarini yig‘ish ishlari allaqachon yakunlangan, hozirda mutaxassislar sun’iy yo‘ldoshlarni sinovdan o‘tkazish bilan band.
Raketaning birinchi parvozi 2021 yilda amalga oshirilgan. O‘shanda zarur balandlikka erishilgan bo‘lsada orbitaga kira olmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter