Amerikaliklar yaponlardan chaqqon chiqdi (+video)

Yaponiya 2025 yilda energiyani koinotdan Yerga uzatiish niyatida ekanligini yozgan edik. Yaqinda Kaliforniya texnologiya instituti olimlari bunday tajribani allaqachon o‘tkazganlarini e’lon qilishdi. Natijada ular tarixda birinchi marta energiyani koinotdan Yerga o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi.
Og‘irligi atigi 50 kg bo‘lgan Space Solar Power Demonstrator (SSPD-1) eksperimental orbital qurilmasi yanvar oyida koinotga jo‘natildi. Ushbu qurilma quyosh panellari orqali energiya to‘plagan va keyin uni mikroto‘lqinli nurlanish shaklida Yerga uzatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter