Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3D-printerda chop etilgan raketa uchinchi urinishda uchdi, ammo...

3D-printerda chop etilgan raketa uchinchi urinishda uchdi, ammo...

Foto: Ixbt.com

Relativity Space kompaniyasi 3D-printerda chop etilgan Terran R raketasini uchinchi urinishda uchirishga muvaffaq bo‘ldi. Raketa havoga ko‘tarildi, lekin orbitagacha yetib bormadi.

Negaligi noma’lum, yerga qulagani ehtimolga yaqin. Lekin kompaniya raketaning havoga ko‘tarilishining o‘zini katta yutuq, deb hisoblamoqda.

Terran R raketasi uzunligi — 33,5 metr, diametri — 2,2 metr. Raketaning katta qismi 3D-printerda chop etilgan, bunga 2 oy vaqt ketdi.

Raketa suyuq kislorod va suyuq tabiiy gaz bilan ishlaydi. Shu bois ishlab chiqarilishi an’anaviy raketalardan ko‘ra ancha arzonga tushadi. Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldoshlarni fazoga olib chiqishda ham xarajatlarni kamaytirishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring