Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eshitish qobiliyatida nuqsoni borlar uchun aqlli ko‘zoynak

Eshitish qobiliyatida nuqsoni borlar uchun aqlli ko‘zoynak

Foto: Ixbt.com

- Nima deydi?

- Otamni uylantiraman, deydi!

Endi qulog‘i og‘irlar atrofdagilardan ming hijolat bilan “Nima deyapti?” deb so‘rashlariga hojat yo‘q. Ularning yaqinlari ham bitta gapni qayta-qayta takrorlayverib, xunob bo‘lmaydilar.

Yangi ishlab chiqarilgan XRAI Glass aqlli ko‘zoynagi eshitish qobiliyatida nuqsoni borlarga boshqalar bilan bemalol suhbatga kirishish imkonini beradi. Bu uchun unga dasturiy ta’minot ko‘maklashadi.

Dasturiy ta’minot Android smartfonga o‘rnatiladi. Mikrofon yordamida gaplar eshitiladi, ayni vaqtda subtitrda aytilayotgan gaplar yoziladi. Tizimni turli sharoitlarda ishlatish mumkin.

Hozircha aqlli ko‘zoynakning qachon bozorga chiqishi va narxi ma’lum qilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring