Ingliz tilida so‘zlashish ko‘nikmasini ChatGPT yordamida tekinga yaxshilash mumkin
Tyekinga ingliz tilida so‘zlashish (Speaking) ko‘nikmangizni ChatGPT yordamida yaxshilashingiz mumkinligini bilasizmi?
Ingliz tilini o‘rganishda aksariyat yoshlar qiynaladigan qismi aynan so‘zlashish (Speaking) ko‘nikmasi, hammaning ham yaxshi repetitor topish imkoni, mablag‘i yoki vaqti yo‘q, ayniqsa native speakerni. Kenja qizimda ham ingliz tilida so‘zlashuv ko‘nikmasini yaxshilash kerak bo‘lganiga unga o‘rgatish bahonasida o‘rtancha qizim yo‘riqnoma sifatida boshqalarga ham foydali bo‘ladigan video qilib berdi.
PS. Eshitish ko‘nikmasini yaxshilash uchun ingliz tilida YouTubeda video juda ko‘p. Xususan IELTS Listening 9 olish uchun katta qizim Ted.Talksni eshitib yurgani foydasi tekkanini 5 yil avval yozgan ekanman.
PPS. ChatGPTning, xabarlar yuborish bo‘yicha foydalanish vaqtida, cheklovlari bor, cheklovga uchragan vaqtda, to‘xtab, boshqa foydali ish bilan shug‘ullanib, bir necha soatdan keyin qaytadan foydalansa bo‘ladi. Ba’zan serverlari ham katta yuklamaga uchragan vaqtda ulanishida muammo bo‘lishi mumkin, shunga undan AQSh va Yevropada ish vaqti bo‘lmagan vaqtda foydalangan ma’qul.
Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии
Вход
Заходите через социальные сети
FacebookTwitter