Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Ushbu tashabbus doirasida bugun, 10-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Vazir maslahatchisi K. Sobirova, yurist, gender masalalari bo‘yicha ekspert K. Aliyeva, ko‘p yillik tajribaga ega bolalar va oila psixologi S. Kamolova, shuningdek, vazirlik va soha korxonalarida ishlab kelayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. 

Tadbirda spikerlar jabrlanganlarni huquqiy himoya qilish, zo‘ravonlikning ayollar va bolalarga ta’siri, shuningdek zo‘ravonlikning oldini olishda ta’lim va texnologiyalarning ahamiyati masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, jabrlanuvchilarni huquqiy himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olishdagi ustivor masalalar haqida gapirildi.

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faoliyat kampaniyasi – bu shunchaki axborot tashabbusi emas, balki xavfsiz va adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi haqiqiy qadamdir. Har bir ayol o‘zini himoyalangan va uishonchli his qiladigan dunyoni yaratish –bizning maqsadimiz. Bunda texnologiya va ta’lim bu maqsadga yetishishda asosiy vosita bo‘lishiga ishonamiz”, – dedi Raqamli texnologiyalar vazirining maslahatchisi Kamola Sobirova.

Tadbirda texnologiyalarni gender tenglikka erishishda samarali vosita sifatida ko‘rilayotgani va bunday tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishi, jamiyatning barcha qatlamlarining birlashuvi esa zo‘ravonlikdan xoli kelajakni barpo etishda muhim omil sifatida ko‘rilishi ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring