Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana kim "1111" parolidan foydalanadi?

Yana kim

Foto: Sccnewsbyte.co

Amerika suv ta’minoti korxonalari xavfsizlik tizimlaridagi kamchiliklar tufayli xakerlar qurboni bo‘ldi. Hamma qatori "1111" ko‘rinishidagi standart parollardan foydalanish bunga sabab bo‘lgan.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashi so‘nggi paytlarda bir qancha shtatlarda suv ta’minoti va energetika kompaniyalari kabi muhim infratuzilmaga qilingan kiberhujumlar haqida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kamida 11 ta tashkilot, jumladan, suv ta’minoti, dorixona, suv sporti markazi va pivo zavodlari tomonidan foydalaniladigan Unitronics qurilmalarining bariga "1111" standart paroli o‘rnatilgan.

Kiberxavfsizlik rasmiylari ushbu kamchiliklarni bartaraf etish qiyin emasligini va barcha muhim xizmatlarda zudlik bilan bunday standart parollarni o‘zgartirish zarur ekanligini ta’kidlashmoqda.

Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi o‘rinbosari Anne Noyberger kompaniyalarni asosiy xavfsizlik choralariga yuksak darajada ahamiyat berishga chorladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring