Usta niqobidagi o‘g‘ri

Oltinko‘l tumanida yashovchi 27 yoshli X.A. “Telegram” orqali Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi 33 yoshli A.D.ga o‘zini telefon ustasi deya tanishtirdi. So‘ng unga “Iphone 11” telefoni uchun ehtiyot qismlarni va’da qilib, plastik kartasiga jami 600.000 so‘mni o‘tkazdirib olgan.
Firibgarga yo‘liqqanini anglagan A.D. Ichki ishlar organlariga murojaat qildi. Tezkor-qidiruv xizmati tadbirlari natijasida, X.A.ning kirdikorlari fosh bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. X.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter