Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta havolaga ishongan ayol pulidan ayrildi

Soxta havolaga ishongan ayol pulidan ayrildi

Illyustrativ foto

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi 33 yoshli (ayol) A.E. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1 275 000 so‘m pul noma’lum tarzda yechib olinganligini ma’lum qildi.

Tezkor-qidiruv xizmatining kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 31 yoshli O.O. sodir etganligi aniqlandi.

Gumon qilinuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan O.O. internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli mazmundagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natish bilan shug‘ullangan. Aldovlarga ishonib, soxta havolaga bank kartasi ma’lumotlarini kiritgan shaxslarning bank kartalari boshqaruvini qo‘lga kiritib, ularning hisobidagi pullarni o‘zlashtirib kelgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.O.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring