Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Reklama beruvchi firibgarga aldandi

Reklama beruvchi firibgarga aldandi

Foto: Ukrainianingermany.de

Ichki ishlar vazirligiga Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 34 yoshli U.M. ismli fuqaro murojaat qildi. Uning 6 million so‘mi noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilibdi.

Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 31 yoshli K.Yo. ismli shaxs sodir etganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, K.Yo. U.M. bilan "Telegram" messenjeri orqali tanishib, unga LED-ekranlar orqali mahsulotlarini reklama qilib berishini aytib uni aldab, oldindan 6 million so‘mni o‘zining plastik kartasiga o‘tqazib olgan. So‘ng bergan va’dasini bajarmay, yozishmalarni o‘chirib yuboribgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. K.Yo.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring