Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, sayyor qabulga tashrif buyuring

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, sayyor qabulga tashrif buyuring

Nukus shahrida AKT sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati hamda vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 17-avgust kuni soat 16:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi. 

Shu munosabat bilan sizda AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolar, sohani rivojlantirish yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi.

Manzil: Nukus shahri, Sarbinaz MFY, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi 23-uyda joylashgan Yoshlar ishlar agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi binosi.

Batafsil ma’lumot olish uchun telefon: 61-222-14-51

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring