Kitob xaridori firibgarga aldanib qoldi

Hozir kitob o‘qish uchun kimdadir vaqt, kimdadir xohish yo‘q. O‘sha kam sonli kitob ixlosmandlarida ham biror bir yaxshi asarni sotib olib, mutolaa qilish istagi tug‘ilsa-yu, ammo firibgarning qopqoniga tushsa, nima deysiz?
Poytaxtning Uchtepa tumanida yashovchi 23 yoshli F.A. “Olx” savdo platformasida “Arzon kitoblar” nomli e’lonni o‘qib, qiziqish bildirdi. Tez orada bir nechta kitoblarga buyurtma berib, pulini to‘lab qo‘ydi.
Ammo o‘zini kitob sotuvchisidek ko‘rsatib, kartasiga 600 ming so‘m o‘tkazdirib olgan 19 yoshli U.U. g‘araz niyatini amalga oshirgach, aloqani uzib qo‘ydi.
Na kitoblar qo‘liga yetib kelgan, na pulini qaytib ololgan F.A. Ichki ishlarga murojaat qilgach, aybdor topildi va O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov va tezkor-qidiruv harakatlari ketmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter