Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-huquq: To‘lov xizmatlarining qanday turlari bor?

IT-huquq: To‘lov xizmatlarining qanday turlari bor?

Foto: Pngegg.com

Savol: To‘lov xizmatlarining qanday turlari bor?

Javob: "To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga ko‘ra quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘lov xizmatlari jumlasiga kiradi:

bank hisobvarag‘idan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish va amalga oshirish;

naqd pul mablag‘larini bank hisobvaraqlariga, shu jumladan uchinchi shaxslarning hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun qabul qilish;

to‘lovchi tomonidan bank hisobvarag‘ini ochmagan holda to‘lovni amalga oshirish uchun naqd pul mablag‘larini qabul qilish;

elektron pullarni chiqarish va qoplash;

bank kartalarini chiqarish;

elektron pullarni va bank kartalarini realizatsiya qilish;

elektron pullardan foydalangan holda amalga oshiriladigan to‘lovlarni qabul qilish va bu to‘lovlarga ishlov berish;

elektron shakldagi to‘lovlarga ishlov berish va to‘lovni amalga oshirish uchun zarur axborotni bankka berish yoki mazkur to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish;

pul o‘tkazmalari tizimi orqali pul mablag‘larini qabul qilish va amalga oshirish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring