Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Guruhga odam qo‘shib beraman” deganlarga ishonmang!

“Guruhga odam qo‘shib beraman” deganlarga ishonmang!

Foto: Smm.school

Poytaxtning  Olmazor tumanida yashovchi 30 yoshli A.Sh. “Telegram” messenjeridagi “Muzika2023” guruhini yuritadi. Kunlarning birida unga Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 17 yoshli A.I. tomonidan obunachi qo‘shib berish taklifi tushdi. Va’daga ishonib, 3 million so‘mni kartadan o‘tkazib berdi. Lekin na guruhga odam qo‘shildi, na birorta izohu javob bo‘ldi. A.I. yozishmalarni o‘chirib yuborib, A.Sh.ni qora ro‘yxatga kiritib qo‘ydi.

Aldanganini sezgan guruh admini IIOga murojaat qildi. Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat fosh bo‘ldi. Hozirda boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorlikni tekshirish maqsadida tergov harakatlari davom etmoqda.

Qonunga muvofiq, bu kabi firibgarlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi asosida 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Shu o‘rinda guruh adminlari bu borada xushyorroq va tadbirliroq bo‘lishlari kerakligini aytib o‘tmoqchimiz. Avvalo, guruhga kimlarnidir zo‘rma-zo‘raki, ogohlantirmagan holda qo‘shishning o‘zi ijtimoiy odoblarga ziddir. Foydali kontent ulashuvchi guruh shundog‘am o‘z auditoriyasini topadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring