Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlarni “Raqamli texnologiyalar pavilioni”ga taklif etamiz  

Yoshlarni “Raqamli texnologiyalar pavilioni”ga taklif etamiz   

Raqamli texnologiyalar vazirligi yurtimiz yoshlarini “Butunjahon yoshlar festivali 2024“ doirasida tashkil etilgan “Raqamli texnologiyalar pavilioni”ga taklif etadi. 

Pavilion Yoshlar ijod saroyi binosi oldida joylashgan bo‘lib, qiziquvchilar 26-30-iyun kunlari davomida soat 09:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida tomosha qilishlari hamda o‘zlari uchun qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. 

Pavilionda sun’iy intellekt, bank, elektron hukumat, animatsiya, Uzbekkosmos, BPO xizmatlari, IT ta’lim, VR sohasidagi yangiliklar, loyihalar haqida ma’lumotlar beriladi hamda o‘quv seminarlari tashkil etiladi. 

Shuningdek, yoshlarni turli xil sovrinli musobaqalar va playstation, CS:GO yo‘nalishida kibersport musobaqasi ham kutmoqda. 

Barcha yoshlarni kutib qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring