Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi VoWi-Fi texnologiyasi bilan mobil aloqa doim barqaror bo‘ladi

Yangi VoWi-Fi texnologiyasi bilan mobil aloqa doim barqaror bo‘ladi

VoWi-Fi nima? VoWi-Fi (Voice over Wi-fi) texnologiyasi yordamida siz mobil tarmoq signali zaif bo‘lgan joylarda ham Wi-Fi orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz va xabar yuborishingiz mumkin.

VoWi-Fi kimlar uchun foydali? Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun: agar siz zich qurilgan hududda yashasangiz va mobil signal yaxshi yetib bormasa, VoWi-Fi texnologiyasi yordamida qo‘ng‘iroqlarning barqaror sifatini ta’minlashingiz mumkin. Yuqori sifat uyingizdagi Wi-Fi orqali ta’minlanadi.

Shahardan uzoqda bo‘lganlar uchun: endi mobil aloqa signali zaif bo‘lgan joylarda ham siz VoWi-Fi xizmatidan foydalangan holda, Internet yordamida barqaror aloqa o‘rnatishingiz mumkin.

VoWi-Fi qanday ulanadi? UZTELECOMning VoWi-Fi xizmatiga ulanish juda oson. Buning uchun faqatgina ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon va Wi-Fi tarmog‘i kerak bo‘ladi. Telefoningiz sozlamalaridan VoWi-Fi funksiyasini yoqing va istalgan joyda aloqa sifatidan bahramand bo‘ling.

UZTELECOMning VoWi-Fi xizmati orqali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiring va doim aloqada qoling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring