Yandex kompaniyasining ikkinchi “8 BIT” onlayn-festivalida siz ham ishtirok eting!

10-apreldan 15aprelgacha Yandex ikkinchi bor “8 BIT” onlayn-festivalini o‘tkazadi. Festival mavzulari kelajakda kim bo‘lishga ikkilanayotgan o‘smirlar uchun ham, raqamli texnologiyalarni yaxshiroq tushunishni istagan katta yoshli kishilar uchun ham qiziqarli bo‘ladi. Har bir kun ma’lum bir Yandex xizmatiga bag‘ishlanadi. Festivalni taniqli blogerlar olib boradilar.
Alisa ovozli yordamchisi qanday qilib insonlar kabi aqlliroq bo‘ladi, dasturni chiqarish uchun qancha Yandexoid kerak, robotlar tovarlarni yetkazib berishda qanday yordam beradi, kabi savollarga festival ishtirokchilari birgalikda fikr almashib, javob topadilar.
Yandex Cloud mutaxassislari sizga ijtimoiy va ilmiy loyihalarda yordam beradigan neyron tarmoqlarni qanday yaratishlari haqida aytib berishadi.
Festivalda siz kod yozishni mashq qilishingiz, o‘zingizni neyro-rassom kabi his qilishingiz, yordamchi bot yaratishingiz va hattoki o‘tmishda kompyuter o‘yinlari qanday ishlab chiqilganini ko‘rishingiz ham mumkin. Festivalning xurmatli mehmonlari o‘z xatolaridan qanday saboq olganliklari va IT yo‘nalishida qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tganliklari bilan bo‘lishadilar.
Festival o‘smirlar va ularning ota-onalariga raqamli texnologiyalar haqida tushuncha hosil qilish va Yandex mutaxassislariga turli sohalarda savollar berish imkoniyatini beradi. IT sohasi kod yozish bilan cheklanib qolmaydi, balki turli sohalardagi mutaxassislarni birlashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter