Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan “Digital Art” bo‘yicha mahorat darsiga taklif etamiz!

Xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan “Digital Art” bo‘yicha mahorat darsiga taklif etamiz!

Toshkent shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi, Digital Garden va School 21 hamkorligida “Digital Art” mavzusida mahorat darsi tashkil etilmoqda.

Ushbu darsda siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

- Illyustrator kasbi bilan yaqindan tanishish;

- Tajribali ustozlardan bepul va foydali bilimlar olish;

- O‘z qo‘lingiz bilan birinchi illyustratsiyangizni yaratish.

Tadbir dasturi ikki qismdan iborat. Dastlab, ishtirokchilar nazariy bilimlarni o‘zlashtiradilar, so‘ngra amaliyotda o‘zlarini sinab ko‘radilar. 

Birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan 10 kishi uchun amaliy qism mavjud! Tanlovning ikki nafar g‘olibi sovg‘a sifatida vektor illyustratsiyasi kursi uchun sertifikatiga ega bo‘ladilar.

Sana: 27-noyabr, soat 15:00

Manzil: Toshkentdagi School 21 kampusi

Yangi bilimlarga ega bo‘lish va ijodiy imkoniyatlaringizni rivojlantirish uchun ushbu darsga qatnashing!

Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling: https://forms.office.com/r/tqKzTu4HH7

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring