Digital Art bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Digital Garden va School 21 hamkorligida, hozirgi kundagi eng rivojlanayotgan sohalardan biri — Digital Art yo‘nalishida maxsus mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbirning maqsadi ishtirokchilarni illyustratsiya asoslari, shuningdek, Adobe Illustrator va Procreate dasturlari bilan tanishtirish va tajriba almashish. Shuningdek, ishtirokchilar raqamli san’at olamidagi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilishdi va vektor grafikasi xususiyatlarini tahlil qilishdi. Ikki formatning qiyosiy tahlili va ularning raqamli illyustratsiyada qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi, balki ularga ajratilgan iPadlardan foydalangan holda amaliyotda o‘zlarini sinab ko‘rish va tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Amaliyot qismi yakunlangach, 10 nafar ishtirokchi o‘rtasida tasavvur va ijodkorlik tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan ikki ishtirokchiga Adobe Illustratorda vektor illyustratsiyasi kursiga sovg‘a sertifikatlari topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter