Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda Wi-Fi va Bluetooth cheklanishi mumkin

Xitoyda Wi-Fi va Bluetooth cheklanishi mumkin

Foto: Vpautinu.com

Xitoyning Kiberxavfsizlik ma’muriyati fuqarolarning Wi-Fi, Bluetooth, AirDrop kabi qisqa masofali simsiz texnologiyalardan foydalanishini cheklovchi qonun loyihasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga bunday tarmoqlar orqali aylanayotgan ma’lumotlarni kuzatish va noqonuniy kontent tarqalishining oldini olish talabi qo‘yiladi.

Maqsad - noqonuniy ma’lumotlarni joylashtirish yoki yuborish uchun foydalanmaslik, shuningdek, keraksiz ma’lumotlarni ishlab chiqarish, nusxalash yoki tarqatishga qarshi kurashish.

Bunday ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda, vakolatli organlarga murojaat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, qonun loyihasi qurilmalarni tarmoqlarga avtomatik ulashni taqiqlash va har bir ulanishda qurilma egalarining shaxsiy ma’lumotlarini tarmoq operatorlariga majburiy taqdim etishni nazarda tutadi.

Shu tariqa Xitoy simsiz internet tarmoqlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatishga intilmoqda. Bu harakatga kuzda koronavirus cheklovlariga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari sabab bo‘ldi, bu vaqt davomida fuqarolar simsiz texnologiyalar orqali ma’lumotlarni o‘zaro faol almashishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring