Xitoyda dunyodagi birinchi uchar avtomobil zavodi qurilishi boshlandi
Xitoyning XPENG kompaniyasi Guanchjouda dunyodagi birinchi uchar avtomobil zavodi qurilishini boshladi, deya xabar bermoqda “Sinxua”.
Korxonaning birinchi bosqichi 180 ming kvadrat metrni egallaydi. Uning ishlab chiqarish quvvati yiliga o‘n ming avtomobilni tashkil qiladi. Zavod “quruqlikdagi samolyot tashuvchisi” mashina modeli uchun havo modullarini ishlab chiqaradi.
Ushbu model birinchi parvozini 2024-yil sentyabr oyida amalga oshirgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, avtomobillar sotuvi yil oxirida boshlanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter