Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xiaomi 5000 km masofaga ega bo‘lgan ixcham ratsiyani chiqardi

Xiaomi 5000 km masofaga ega bo‘lgan ixcham ratsiyani chiqardi

Foto: 4PDA

Xiaomi Sports Walkie-Talkie ko‘pgina sharoitlarda barqaror aloqa uchun ishonchli ishlash bilan birgalikda foydali funksiyalar to‘plamini taklif etadi.

Ishlab chiqaruvchi so‘zlariga ko‘ra, 4G moduli tufayli yangi mahsulotning "diapazoni" 5000 km gacha.  

Ratsiya 1030 mA / soat batareya bilan jihozlangan (kutish rejimida 36 soatgacha yoki bir zaryadda 24 soatgacha faol foydalanish).

Modelning boshqa xususiyatlari orasida o‘rnatilgan ovozli yordamchi, mikrofon shovqinini kamaytirish va guruhni tezda yaratish uchun maxsus tugma mavjud. Foydalanuvchi mobil ilova orqali joylashuv ma’lumotlarini boshqa ishtirokchilar bilan bo‘lishishi mumkin.

Bundan tashqari, yangi mahsulot bardoshli korpusga ega va -30 ° S gacha bo‘lgan haroratlarda ishlay oladi.  

Xitoyda Xiaomi Sports Walkie-Talkie narxi 55 dollarni tashkil etadi. 

Bu qurilmaning boshqa mamlakatlar bozorlarida mavjudligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring