Xalqaro IT sertifikatlarni qo‘lga kiritgan 2000 dan ortiq yoshlar o‘rtacha 9 mln so‘m oylik daromad topishmoqda!

Joriy yilda 700 dan ortiq yoshlar IT-sertifikatlarni qo‘lga kiritib, 2,2 mlrd. so‘m miqdordagi harajatlari davlat tomonidan qoplab berildi.
Samarqand v. (1), Toshkent sh. (2) hamda Toshkent v. (3) eng faol hududlar bo‘lib, eng ko‘p yoshlar xalqaro AyTi sertifikatlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
TOP daromadli yo‘nalishlar (o‘rtacha oylik maosh so‘mda):
1️⃣SAP (SAP BW/4HANA – Dataflow and BusinessObjects Reporting): 9,2 - 15 mln;
2️⃣ Cisco (CCNP Enterprise): 8,3 - 13,3 mln;
3️⃣ CompTIA (CompTIA Security+): 7,5 - 11,7 mln;
4️⃣ Oracle (Oracle Certified Associate, Java Programmer Certification): 7,1 - 10,8 mln;
5️⃣ PMI (CAPM – Certified Associate in PM): 6,7 - 10 mln.
Xalqaro IT sertifikatga ega mutaxassislar AKTga mas’ul davlat korxonalarida ishlasa, har oy 20 foiz ustama ham oladi.
Batafsil ma’lumot: it-istedod.uz saytida.
Murojaat uchun: +998 71 203 03 43.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter