Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

WordPad moziyga uloqtirildi — Microsoft rasmiy bayonot berdi

WordPad moziyga uloqtirildi — Microsoft rasmiy bayonot berdi

Foto: Bleeping Computer

Microsoft kompaniyasi 28 yillik tarixga ega WordPad ilovasini to‘xtatishini e’lon qildi.

Windows 11 amaliy tizimining navbatdagi yangilanishida WordPad foydalanuvchilarning kompyuterlaridan o‘chirib yuboriladi.

WordPad matn muharriri ilk marta 1995-yili Windows 95 operatsion tizimida paydo bo‘lgan.

Kompaniya faol rivojlanishda bo‘lmagani bois WordPad loyihasini to‘xtatishini tushuntirgan.

WordPad o‘rniga doc va rtf formatidagi hujjatlar uchun — Microsoft Word, txt singari kengaytmali oddiy matnli hujjatlar uchun Notepad (Bloknot) ilovalaridan foydalanish tavsiya etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring